Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xalqaro festivallar > Xalqaro hunarmandchilik festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

Xalqaro hunarmandchilik festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

Qo‘qon shahrida 21-23 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan II Xalqaro hunarmandchilik festivaliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ayni kunlarda ko‘cha va xiyobonlar obodonlashtirilib, mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish va servis majmualari, turli inshootlar shay holga keltirilmoqda. Odamlar kayfiyatida ham bayram shukuhi hukmron. Tayyorgarlik ishlari avvalo, magistral yo‘l bo‘ylaridan boshlandi. Ravon yo‘larni ikki cheti gullarga burkandi, obodonlashtirildi hamda turli bannerlarda milliy…

Qo‘qon shahrida 21-23 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan II Xalqaro hunarmandchilik festivaliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ayni kunlarda ko‘cha va xiyobonlar obodonlashtirilib, mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish va servis majmualari, turli inshootlar shay holga keltirilmoqda. Odamlar kayfiyatida ham bayram shukuhi hukmron. Tayyorgarlik ishlari avvalo, magistral yo‘l bo‘ylaridan boshlandi. Ravon yo‘larni ikki cheti gullarga burkandi, obodonlashtirildi hamda turli bannerlarda milliy hunarmandchiligimizning targ‘iboti aks ettirildi. Shahardagi qadimiy madaniy meros obyektlaridan Xon o‘rdasi, jome masjidi qator madarasalar kabi moddiy va ma’naviy merosimizga daxldor markaz va maskanlarda restavratsiya ishlari yakuniga yetkazildi.

 Xalqaro hunarmandchilik festivali nomoddiy-madaniy merosimiz bo‘lgan o‘zbek milliy hunarmandchiligini keng namoyish qilish, uning noyob namunalarini targ‘ib etish, turizmni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Unda 700 yaqin hunarmand qatnashish istagini bildirgan. Shuningdek, 80 ga yaqin davlatdan mehmonlar kelishi kutilmoqda. Muxtasar aytganda, shahardagi qaysiki tayyorgarlik yumushlari bo‘lmasin, barchasi milliy hunarmandchilik durdonalarini namoyish qilish va bu orqali xalqimizni boy moddiy va ma’naviy merosini ko‘z-ko‘z qilishga, rivojlantirishga xizmat qiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati