Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Xalqaro Gullar festivali doirasida “Fashion festival & talants” moda va san’at festivali o’tkazildi

Xalqaro Gullar festivali doirasida “Fashion festival & talants” moda va san’at festivali o’tkazildi

«Uchinchi kun yakuni bilan gullar shahriga tashrif buyurgan mehmonlar soni bir millionga yetdi. Ushbu tadbir Gullar bayramining eng nafis tadbirlaridan biri – Fashion festival & talants moda va san’at festivali – an’ana tusini olgan tadbir desak mubolag‘a bo‘lmaydi», – Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Xalqaro Gullar festivali doirasida o‘tkazilayotgan Farg‘ona vodiysi Moda va san’at haftaligini…

«Uchinchi kun yakuni bilan gullar shahriga tashrif buyurgan mehmonlar soni bir millionga yetdi. Ushbu tadbir Gullar bayramining eng nafis tadbirlaridan biri – Fashion festival & talants moda va san’at festivali – an’ana tusini olgan tadbir desak mubolag‘a bo‘lmaydi», – Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Xalqaro Gullar festivali doirasida o‘tkazilayotgan Farg‘ona vodiysi Moda va san’at haftaligini ochib berdi. Bugun boshlangan va bir hafta davom etadigan moda va san’at festivalida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya davlatlaridan tashrif buyurgan mashhur dizaynerlar betakror kolleksiyalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Shuningdek O‘zbekistonni barcha hududlarilan 40 nafar dizaynerlarning kolleksiyalari ham namoyishi bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, ushbu modalar namoyishiga mahalliy dizaynerlarimiz USAID loyihasi ko‘magida to‘rt oy tayyorgarlik ko‘rdilar. Bu jarayonlarda yangi-yangi iqtidorlar kashf etildi. Dizaynerlarimizni xalqaro podiumlarni zabt etishlarida bu tadbir tramplin vazifasini bajarib beradi.

Author: Uyushma axborot xizmati