Xalqaro Forum: “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati”

Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sana’tini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to’liq saqlab qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularni ish bilan bandligini ta’minlash bo’yicha keng islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu yo‘nalishlarda esa ko‘hna va hamisha navqiron Marg‘ilon shahrida azaldan milliy hunarmandchilik e’zozlanib, qadri abad qadriyat sifatida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.

So‘nggi yillarida Prezidentimizning bu soha rivojiga qaratayotgan yuksak e’tbor va rag‘bati tufayli Marg‘ilon hunarmandchiligi jadal rivojlanib, jahon hamjamiyatining alohida xurmati va e’tirofiga sazovor bo’lib kelmoqda.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi «Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g‘risida»gi PQ-338-sonli qarori asosida har ikki yilda bir marotaba may oyining uchinchi o‘n kunligida Marg‘ilon shahrida «O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati» mavzusida ko‘rgazma va ilmiy konferensiyani o‘z ichiga olgan xalqaro Forumni tashkil etish belgilangan.
Bu borada Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.

Xalqaro konferensiyani Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov hamda viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedovlar kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Ushbu Konferensiyada san’atshunoslik fanlari doktori, professor, akademik Akbar Hakimov, san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD, “Hunarmand” jurnali bosh muharriri Binafsha Nodir, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik instituti direktori o’rinbosari Masharib Abdullayev, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD Ahrorbek Azizov, shuningdek onlayn muloqot orqali Markaziy Osiyo, Afg’oniston va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi kreativ industriyalar bo’yicha xalqaro ekspert, “Hunarmand” uyushmasining xalqaro maslahatchisi, (Bolgariya) Nadejda Zdravkova, San’atshunoslik fanlari doktori, professor, Xalqaro “Ipak yo’li” tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi Elmira Gul ham o’z ma’ruzalari bian ishtirok etishdi.

Xalqaro konferensiya yakunida san’atshunos olimlar, akademik va professorlarga sertifikatlar topshirildi.

 

Oldingi Qaror va ijro: Rishton tumanida san’atshunos olimlar va kulolchilikda o‘z maktabiga ega bo‘lgan hunarmandlar ishtirokida yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.