O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ-405 qarorida Farg‘ona viloyati hokimligi Madaniyat vazirligi va «Hunarmand» uyushmasi bilan birgalikda Rishton xalqaro kulolchilik markazi va Marg‘ilon shahridagi Hunarmandchilik markazida atlas va adras mahsulotlari hamda kulolchilik buyumlarini tayyorlash «ustoz-shogird» tamoyili asosida yoshlarga o‘rgatish, ilmiy tadqiqotlar, ko‘rgazma va namoyishlar tashkil qilish ularning savdosi yo‘lga qo‘yish kabi masalalar belgilangan.
Mazkur Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Rishton xalqaro kulolchilik markazida san’atshunos olimlar, sohaning yetakchi mutaxassislari va kulolchilikda o‘z maktabiga ega bo‘lgan hunarmandlar ishtirokida yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvlarda nomoddiy madaniy merosni asrash, uni ilmiy asosda o‘rganish va targ‘ib qilish, shuningdek, kulolchilik buyumlari, atlas va adras mahsulotlarini tayyorlash jarayonida “ustoz-shogird” an’analarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.