O‘zbekiston milliy hunarmandlar ko‘rgazmasiga Xanoy meriyasi rahbariyati va Xalqaro Hunarmandlar Tashkiloti raisi Saad Al Kaddumilar tashrif buyurib, o‘zbek hunarmandlari mahsulotlarini yuqori baholadilar.
Muloqot chog‘ida O‘zbek va Vyetnam hunarmandlari mahsulotlari onlayn savdosini tashkil etishga kelishib olindi.
Festivalda ishtirok etayotgan boshqa hunarmandlar ham O‘zbekiston millyi hunarmandlar ko‘rgazmasiga katta qiziqish bildirdilar.