Uyushma raisi «Duty Free» hududida tashkil etilgan hunarmandchilik mahsulotlari savdo do‘koni faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining «Duty Free» hududida tashkil etilgan hunarmandchilik mahsulotlari savdo do‘koni faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Aytish lozimki, mazkur savdo do‘koni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021-yil 23-martdagi «Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-5033-son qarorning 8-band uchinchi xat boshisida belgilangan topshiriqqa asosan Respublika «Hunarmand» uyushmasi hamda Uzbekistan Airpots bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Uyushma tasarrufidagi «Craft and Art» MCHJ orqali Aeroport hududining kutish zalidan 153 m2 joy ajratilgan hamda bugungi kunda hunarmandchilikning besh mindan ziyod mahsulotlari joylashtirilib savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

Uyushma rahbari ushbu savdo do‘koni faoliyatini yanada rivojlantirish, ushbu savdo do‘konida esdalik buyumlari qamrovini yanada kengaytirish, chet eldan tashrif buyuradigan sayyohlarga O‘zbekiston iforini targ‘ib etuvchi hunarmandchilik mahsulotlari sonini yanada ko‘paytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

Oldingi ASRLARGA TENG RISHTALAR

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.