Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Uyushma rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi o‘z so‘zida tumanlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish har bir hunarmandga individual yondashuv lozimligi haqida gapirdi

Uyushma rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi o‘z so‘zida tumanlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish har bir hunarmandga individual yondashuv lozimligi haqida gapirdi

Bugun 15 mart kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari, “Hunarmand” uyushmasi raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi O‘raqov Jamshed Radjabovich Zoom platformasi orqali videoselektor yig‘ilish o‘tkazdi. Uyushma rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi o‘z so‘zida tumanlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, jumladan har bir hunarmandga individual yondashuv lozimligi haqida gapirdi. Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shahrida azaldan hunarmandchilik rivojlangan. Qoraqalpog‘iston…

Bugun 15 mart kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari, “Hunarmand” uyushmasi raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi O‘raqov Jamshed Radjabovich Zoom platformasi orqali videoselektor yig‘ilish o‘tkazdi. Uyushma rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi o‘z so‘zida tumanlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, jumladan har bir hunarmandga individual yondashuv lozimligi haqida gapirdi. Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shahrida azaldan hunarmandchilik rivojlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va qisman Surxondaryo viloyatida hunarmandchilik rivojlanishi past darajada. Albatta har bir hududning o‘zining tarixi, iqlimi, sharoiti va qadriyatlari bor. Shu bilan birgalikda hudud maydoning uzoq yaqinligi ham inobatga olish kerak. A’zolarni jalb qilishda, a’zolik tushumi rejalarini qo‘yilishida yuqorida keltirilgan omillar hisobga olinishi kerak. Har bir hududda hunarmandchilikni rivojlantirish, hududdagi fuqarolar, yoshlar, ayollar, imkoniyati cheklangan insonlarni hunarmandchilikka jalb etilishida mahalladagi hokim yordamchilari bilan birgalikda ishlash lozimligi tushuntirdi.

Mahallada biznes reja bo‘ladi ularning ichidan hunarmandchilikka asoslangani bilan ishlash kerak. Kimgadir kredit, kimdir susidiya kerak. Birinchi navbatda hokim yordamchilari, tuman hokimining birinchi o‘rinbosarlari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining quyi bo‘g‘inlari bilan ishlash kerakligi ta’kidlandi. Uyushma xodimlari faoliyatini KPI orqali baholash tizimini joriy etish, shuningdek, besh yil davomida a’zolarning passivlik darajjasini tahlil qilish, Axborot xizmati faoliyatini kuchaytirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Author: Uyushma axborot xizmati