Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > To‘rtko‘l tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabidagi o‘quvchilarga mahorat darslari tashkil qilindi

To‘rtko‘l tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabidagi o‘quvchilarga mahorat darslari tashkil qilindi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusi amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ning 46-bandida o‘quvchi  qizlarni hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Hunarmand” uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan yoshlarning  kasbiy mahoratlarini oshirish,  ularga hunarmandchilik sir-asrorlarini o‘rgatish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli To‘rtko‘l tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabidagi o‘quvchilarga mahorat darslari tashkil qilindi.

Mahorat darslarda “Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi a’zosi Dilfuza Bobodjanova tomonidan o‘quvchilarga qo‘g‘irchoq to‘qish bo‘yicha, tikuvchilik bo‘yicha ta’lim ustasi Gulchexra Matyaqubova milliy do‘ppilar tikish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berdi.

Mahorat darsida maktabning 15 nafar  o‘quvchi qizlari qatnashib o‘zlarining bilim va hunar o‘rganishga qiziqqan savollarga amaliy javob olishdi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati