O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Xo‘jand shahriga amaliy tashrifi davom etmoqda.
Xoʼjand qalasi hududida tojik xalqi tarixi va madaniyatiga oid 5 ta ko‘rgazma zalidan iborat majmua barpo etildi, 8 ta hovlida hunarmandlar xattotlik, rassomchilik, adras to‘qish, so‘zana tikish, tosh o‘ymakorligi, temirchilik va kulolchilik bilan shug‘ullanmoqda.
Davlat rahbarlari uch mamlakatning hunarmandchiligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va milliy taomlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirib, badiiy chiqishlarni tomosha qildilar.
Mazkur tashrif doirasida hunarmandchilik ko‘rgazmasi ham tashkil etilgan. Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekistondan «Hunarmand» uyushmasining a’zolari bo‘lgan hunarmandlar ham ishtirok etmoqda.
Ushbu ko‘rgazmada o‘zbek xalq amaliy san’ati namoyish etilmoqda. Jumladan miniatyura, kandakorlik, kashtachilik, kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, qo‘lda gazlamalar to‘qish, zardo‘zlik pichoqchilik va esdalik buyumlari tayyorlash yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan hunarmand ustalar qatnashmoqda.