Respublika «Hunarmand» uyushmasida Yangicha yondashuv yangi loyihalar yuzasidan xalqaro ekspertlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov, xalqaro ekspert Nadezhda Zdravkova hamda loyihalar bo‘yicha Uyushmada tashkil etilgan Ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.
Yig’ilish davomida to‘rtta loyiha muhokama qilindi.
Birinchisi Tailand davlati bilan soha mutahassislarining tajriba almashinuvini yo’lga qo’yish.
Ikkinchi loyiha Shveytsariya davlatidagi dizayn va to‘qimachilik sohasi vakillari bilan ishlash, ushbu davlatda ko‘rgazmalar tashkil etish, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan хalqaro festivallarga ularni vakillarini taklif etishni nazarda tutadi.
Uchinchi loyiha Bolgariya davlati bilan bo‘lib u ham hunarmandchilik sohasini targ‘ib qilib, ilmiy izlanishlar o‘tkazish, xalqaro ilmiy konfrensiyalar tashkil etish, Bolgariyadagi mashhur muzeylarda hunarmandchilik ko‘rgazmalarni tashkil etishni ko‘zda tutadi.
To‘rtinchi loyiha Avg‘onistonda faoliyat ko‘rsatuvchi hunarmandlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, bugungi kunda dunyoga ochiq bo‘lmagan davlatning hunarmandlarini mahsulotlarini sotishda O‘zbekistonni rolini oshirishga qaratilgan.
Uchrashuv yakunida ushbu to‘rtta loyiha bilan ishlash, hayotga tadbiq qilishda uyushmani rolini oshirishga kelishib olindi.
Biz xunarmandlarga qaratilgan etibordan xursandman ..imkoniyatlar xam xammasi yaxshi ….