Respublika “Hunarmand” uyushmasida Nadezhda Zdravkova bilan uchrashuv o‘tkazildi

Respublika “Hunarmand” uyushmasida Uyushma raisi R.Mirzaaxmedov

25 noyabr’ kuni fuqaroligi Bolgariyadan bugungi kunda faoliyati Tailand davlatida bo‘lgan halqaro ekspert

Nadezhda Zdravkova bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda to‘rtta loyiha muhokama qilindi.

Birinchisi “Tailand-O‘zbekiston -ipakchilik va indigo” loyihasi bo‘lib, ipakdan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar va markazlarni o‘zaro hamkorligi hamda O‘zbekiston hududida indigodan rang olish va bo‘yoqlashni o‘z ichiga oladi. (Ma’lumot uchun indigo o‘simligi Xorazm va Toshkent viloyatida yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan).

Ikkinchi loyiha Shveytsariya davlatidagi dizayn va to‘qimachilik sohasi vakillari bilan ishlash, ushbu davlatda ko‘rgazmalar tashkil etish, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan хalqaro festivallarga ularni vakillarini taklif etishni nazarda tutadi.

Uchinchi loyiha Bolgariya davlati bilan bo‘lib u ham hunarmandchilik sohasini targ‘ib qilib, ilmiy izlanishlar o‘tkazish, halqaro ilmiy konfrensiyalar tashkil etish, Bolgariyadagi mashhur muzeylarda hunarmandchilik ko‘rgazmalarni tashkil etishni ko‘zda tutadi.

To‘rtinchi loyiha Avg‘onistonda faoliyat ko‘rsatuvchi hunarmandlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, bugungi kunda dunyoga ochiq bo‘lmagan davlatning hunarmandlarini mahsulotlarini sotishda O‘zbekistonni rolini oshirishga qaratilgan.

Uchrashuv yakunida ushbu to‘rtta loyiha bilan ishlash, hayotga tadbiq qilishda uyushmani rolini oshirishga kelishib olindi.

Oldingi “CRAFT FAIR UZBEKISTAN” III xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi yakuniga yetdi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish