“CRAFT FAIR UZBEKISTAN” III xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi yakuniga yetdi

Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari Central Asian Expo (CAEx) Uzbekistanda tashkil etilgan  xalqaro ko’rgazma har yilgidanda nufuzli va o’zgacha shukuhda o’tkazildi.

Bu yil uchinchi bora o‘tkazilgan “Craft fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Respublika «Hunarmand» uyushmasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etildi.

Yarmarkada O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi kabi hunarmandchilik yo‘nalishlarida mashhur hunarmand ustalar tomonidan yaratilgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari pavilyonlarni betakror tarzda bezadi.

Xalqaro yarmarka yakunida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 100 nafardan ortiq mahalliy hamda xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan 15 nafar hunarmandlar O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Oldingi “Craft fair Uzbekistan” III xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi davom etmoqda

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.