RAIS KUBOGI UCHUN MUSOBAQA O’TKAZILDI

Mamlakatimizda sportga qaratilayotgan katta e’tibor tufayli Respublika “Hunarmand” uyushmasi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar ham turli musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqdalar.

Bunday natijalarga erishishda esa xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobatga asoslangan, jamoviy turdagi sport bellashuvlarini muntazam o‘tkazilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-421-sonli qaroriga asosan

Respublika “Hunarmand” uyushmasi xodimlari o‘rtasida sportning futbol, basketbol hamda voleybol turlari bo‘yicha jamoaviy musobaqa o‘tkazildi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bahslardan so‘ng g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga rais kubogi tantanali topshirildi.

Oldingi Xalqaro Forum: “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati”

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.