Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qo‘qon shahriga Hunarmandchilik shahri maqomi berilgan

Qo‘qon shahriga Hunarmandchilik shahri maqomi berilgan

Xalqaro miqyosdagi mazkur tadbirning Qo‘qon shahrida o‘tkazilayotgani bejiz emas. Chunki ushbu shahar qadim-qadimdan hunarmandchilik rivojlangan madaniy markazlardan biri bo‘lib kelgan. Bu yerda hunarmandchilik va xalq amaliy san’atining turli yo‘nalishlari yuksak darajada taraqqiy etgan.Ustoz-shogird an’analari, hunarmandlarning oilaviy sulolalari uning sir-asrorlarini ajdodlardan avlodlarga yetkazib kelmoqda. Bugungi kunda ham Qo‘qon shahrida hunarmandchilik an’analari izchil rivolanmoqda. Xususan, yog‘och o‘ymakorligi,…

Xalqaro miqyosdagi mazkur tadbirning Qo‘qon shahrida o‘tkazilayotgani bejiz emas. Chunki ushbu shahar qadim-qadimdan hunarmandchilik rivojlangan madaniy markazlardan biri bo‘lib kelgan. Bu yerda hunarmandchilik va xalq amaliy san’atining turli yo‘nalishlari yuksak darajada taraqqiy etgan.Ustoz-shogird an’analari, hunarmandlarning oilaviy sulolalari uning sir-asrorlarini ajdodlardan avlodlarga yetkazib kelmoqda. Bugungi kunda ham Qo‘qon shahrida hunarmandchilik an’analari izchil rivolanmoqda. Xususan, yog‘och o‘ymakorligi, qog‘ozgarlik, chilangarlik, zargarlik kabi hunarmandchilikning ko‘plab turlari ravnaq topmoqda.

Aytish lozimki, 2019 yilda Birinchi “Xalqaro hunarmandchilik festivali”da 78 ta mamlakatdan 570 nafar ishtirokchi, yurtimizning 14ta hududidan esa 1200 nafar mahalliy hunarmandlarimiz ishtirok etib, tadbirga bir milliondan ortiq tashrif buyuruvchi va xorijiy sayyohlar kelgan. Ushbu nufuzli tadbirning o‘tkazilishi natijalariga ko‘ra Qo‘qon shahriga sayyohlar oqimi 10 barobarga, hunarmandlar soni 3,5 barobarga, mehmonxonalar 2,5 barobarga oshdi. Jahon hunarmandchilik Kengashining 2019 yilning 23 iyulidagi qaroriga ko‘ra, Qo‘qon shahriga yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha Hunarmandchilik shahri maqomi berilgan.

Shuningdek,undan so‘ng, Hunarmandchilik shahri maqomi Buxoro hamda Marg‘ilon shaharlariga ham berilgan. Xalkaro tashkilotning bunday e’tirofi yurtimizda hunarmandchilik qadimdan boy an’analar asosida rivojlanib kelayotganligini ko‘rsatadi. 2020 yilda Butunjahon Hunarmandlar Kengashi – Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasining 2021-2024 yillar Prezidentiligini O‘zbekistonga topshirildi.Ushbu xalqaro tashkilotning Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasi bo‘yicha ofisini O‘zbekistonga olib kelish va nufuzli tadbirlarini yurtimizda o‘tkazish mamlakatimizda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va mavqeini oshirishga xizmat qilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati