Qirg‘izistonda “OYMO” an’anaviy madaniyat va hunarmandchilik festivali!

Qirg‘izistonda “OYMO” an’anaviy madaniyat va hunarmandchilik festivali!

1–5 iyul 2025 yil
Qaraqol shahri, Issiqko‘l viloyati, Qirg‘iziston

IX Xalqaro “OYMO” an’anaviy madaniyat va hunarmandchilik festivali joriy yilning 1–5 iyul kunlari Qirg‘izistonning Qaraqol shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu festival Markaziy Osiyodagi madaniy meros va kreativ sanoatlar sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri hisoblanadi.

Festivalda dunyoning turli mamlakatlaridan hunarmandlar, dizaynerlar, san’at va madaniyat namoyandalari, yoshlar hamda sayyohlar ishtirok etadi.
🇺🇿 Ushbu nufuzli festivalda Hunarmand uyushmasi a’zolari — yurtimizning mahoratli hunarmandlari ham ishtirok etmoqda! Ular o‘z hunarlari va mahsulotlari orqali milliy an’analarimizni xalqaro miqyosda namoyish etishmoqda.

Bu yilgi festival muassis va YUNESKOning nomoddiy madaniy meros bo‘yicha xalqaro eksperti — Dinara Ilimbekovna Chochunbayeva (1956–2025) xotirasiga bag‘ishlangan.

Festival maqsadlari:

Madaniy merosni asrab-avaylash va avlodlarga yetkazish

An’anaviy bilimlarni qayta tiklash

Hunarmandchilik va kreativ industriyalarni rivojlantirish

Qirg‘izistonni ekologik toza madaniy turizm markaziga aylantirish

Hunarmandchilikning qalbi — an’analarda. Biz an’analarni asrab, kelajakka yetkazamiz!

\

Oldingi Ustoz hunarmandlar faoliyatiga e’tibor – taraqqiyot garovi!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.