Ustoz hunarmandlar faoliyatiga e’tibor – taraqqiyot garovi!
Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedovning Buxoroga tashriflari doirasida Buxoro viloyati “Hunarmand” boshqarmasi a’zosi Abdulvohid Buxoriyning ijodiy ustaxonasi va xonadoni ziyorat qilindi.
Mazkur tashrifda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi a’zosi Maxsud Muhammedov, hamda “Milliy tiklanish” DP Buxoro viloyat kengashi raisi Rajabboy Hasanov ham ishtirok etib, mahalliy hunarmand faoliyatini yaqindan kuzatishdi.
Abdulvohid Buxoriy o‘zining noyob san’atini yoshlarga, xususan Buxoro Turizm kasb-hunar kolleji talabalari orqali o‘rgatib, safdoshlarini kengaytirib kelmoqda.
Ustaxona o‘z uyida tashkil etilgan bo‘lib, ijodiy muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Xonadon hujjatlari rasmiylashtirilib, uni kapital ta’mirdan chiqarish bo‘yicha ham rahbarlar tomonidan qo‘llab-quvvatlash bildirilmoqda.
Bu tashriflar — hunarmandlarga bo‘lgan e’tibor va amaliy yordamning yana bir ifodasi bo‘lib, ular orqali milliy merosimizga munosib e’tibor qaratilmoqda.