O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari” mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Onlayn
Ayni daqiqalarda Samarqandda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan “O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari” mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Ilmiy-amaliy seminarda “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov ishtirok etdi.

Seminar yo‘qolib borayotgan an’anaviy gilam to‘qish texnikalari va materiallarini qayta tiklash, shuningdek, zamonaviy qo‘lda gilam to‘qish sanoatini rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan gilamchilik sohasiga qaratilayotgan e’tibor nuqtayi nazaridan juda dolzarbdir. Gilamchilik me’rosini saqlash milliy iqtisodiyot va eksport savdosida muhim o‘rin tutadi.

Seminar o‘zbek gilam to‘qish an’analariga e’tiborni jalb qilishga qaratilgan. U nafaqat ilmiy-amaliy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Seminar doirasida ayol-qizlar, uy bekalarini an’anaviy gilam ishlab chiqarishga jalb etish, ularni uyda ishlash sharoiti bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Seminar doirasida o‘zbek gilam to‘qish an’analarini saqlab qolgan va rivojlantirgan zamonaviy usullarda qo‘lda to‘qilgan gilamlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Oldingi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Kitobsevar yoshlar” tanlovi o‘tkazildi.

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.