O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Xorazm viloyatida xizmat safarida

Xizmat safari davomida Arda Xivada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hunarmandlar bilan uchrashib suhbatlashdi.

Jumladan kulol Dilnoza Otajanova, misgar Arkaboy Ibadullayev,   cho‘girmachi Shokir Abdullayev, kulol Odilbek Rahimovlarning ish faoliyatlarini ko‘zdan kechirib, hunarmandlar bilan bugungi kunda sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar hamda erishilayotgan yutuqlar xususida suhbatlashdi.

Kunning ikkinchi yarmida Uyushma raisi Xiva shahridagi «To‘rt shovvoz» madaniy meros  obyektiga tutash hududdan tanlangan 6.2 gektar yer uchastkasida «Hunarmandlar markazi»ni barpo etish maqsadida viloyat mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda Xiva shahridagi «To‘rt shovvoz» madaniy meros  obyektiga tashrif buyurib, u yerda qurilishi rejalashtirilgan markaz yer maydoni va qurilish loyihasi hujjatlari bilan tanishdi.

Oldingi Vyetnamning Xanoy shahrida 13-17 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro Hunarmandlar Festivalida Farg‘ona viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etdi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.