O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ali Iskandariy janoblari bilan uchrashib, suhbatlashdi.
Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasida amaliy san’at va xunarmandchilik sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida fikr almashildi hamda 2025-yil yanvar oyida Eronga hunarmandlarning tashrifi borasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, suhbat davomida aprel oyida hunarmand kulollar Xamadon shahriga hamda to‘qimachilar Tabrizga borishi kelishib olindi.
Shu bilan birga Samarqand va Toshkent shaharlarida eronlik hunarmandlarning ko‘rgazmalarini tashkil etilishi rejalashtirildi