O‘ZBEK VA ERON ZARDO‘ZLIK SAN’ATINI UYGʻUNLASHTIRISH MAQSADIDAMAN

Hozirgi kunda bir hunarmand ayol sifatida meni quvontirayotgan narsa shuki, bugun o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlariga xorijiy mamlakatlarda ham qiziqish bildirayotganlar kam emas.

Kuni kecha O‘zbekistondagi Eron elchixonasida elchi janoblari Muhammad Ali Iskandariy bilan bo‘lgan suhbatimizda ham buning yaqqol isbotini ko‘rdik. Eron elchisining o‘zbek hunarmandlari va ular yaratayotgan milliy mahsulotlarga bo‘lgan e’tibori yuksakligiga bevosita amin bo‘ldim.

Avvalambor biz hunarmandlar uchun muhim bo‘lgan ushbu uchrashuvni tashkillashda tashabbus ko‘rsatgan Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon aka Mirzaahmedovga uchrashuvda ishtirok etgan barcha hunarmandlar nomidan samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.

Uchrashuv davomida elchi janoblari biz hunarmandlarni Eron davlatiga tajriba almashish maqsadida taklif etdilar. Ushbu taklif o‘zim yaratgan mahsulotlarni xorijiy mamlakatlarga ham olib borib namoyish qilsam degan bir orzuyimga keng yo‘l ochdi.

Zardo‘z hunarmand sifatida Eron zardo‘zligi bilan ham yaqindan tanishib, u yerdagi hunarmandlar bilan tajriba almashish, yaqin do‘stlik aloqalarini o‘rnatish maqsadidaman.

Oldingi BUXORODA HUNARMANDLAR KUNI FESTIVALI O‘TKAZILDI

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish