BUXORODA HUNARMANDLAR KUNI FESTIVALI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-91-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “Buxoro hunarmandlari kuni” festivalini o‘tkazish, hamda Buxoro viloyat hokimining “Xalqaro ziyorat turizm haftaligi” va uning doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini bajarish maqsadida Buxoro viloyati Vobkent tumanida hamda Buxoro shahri va Gʻijduvon tumanida “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan Hunarmandlar kuni festivali tashkil etildi.

Festinalda viloyat miqyosida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan usta hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

Ma’lumki, qadim-qadimdan hunarmandchilik rivojlangan madaniy markazlardan biri bo‘lib kelgan Buxoroda hunarmandchilik va xalq amaliy san’atining turli yo‘nalishlari, ayniqsa, zardo‘zlik va zargarlik yuksak darajada taraqqiy etgan. Usta-shogird an’analari asosida hunarmandlarning oilaviy sulolalari uning sir-asrorlarini ajdodlardan avlodlarga yetkazib kelmoqda.
Bugungi kunda ham Buxoro shahrida hunarmandchilik an’analari izchil rivojlanmoqda. Xususan, ipak gilamchilik, kulolchilik, kandakorlik, zardo‘zlik, zargarlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, qog‘ozgarlik kabi hunarmandchilikning ko‘plab turlari ravnaq topmoqda.

 

Oldingi Koshinpazlik an’analariga sayqal berishda eronlik hunarmandlar bilan tajriba almashamiz

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish