Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > “Milliy kashtachilik” respublika ko‘rgazma-savdosi

“Milliy kashtachilik” respublika ko‘rgazma-savdosi

Samarqand shahrida “Milliy kashtachilik” II milliy kashtachilik respublika ko‘rgazma-savdosi boshlandi Unda O‘zbekistonning barcha hududida kashtachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarning mahsulotlarini taqdim etmoqda. – Mazkur tadbirning bu yilgisi Samarqandda o‘tkazilishida o‘ziga xos ma’no bor, – deydi “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umid Hakimov. Chunki Samarqand ko‘hna shahar va boshqa hududlar singari milliy o‘zbekona urf-odatlar va qadriyatlarni…

Samarqand shahrida “Milliy kashtachilik” II milliy kashtachilik respublika ko‘rgazma-savdosi boshlandi Unda O‘zbekistonning barcha hududida kashtachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarning mahsulotlarini taqdim etmoqda. – Mazkur tadbirning bu yilgisi Samarqandda o‘tkazilishida o‘ziga xos ma’no bor, – deydi “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umid Hakimov.

Chunki Samarqand ko‘hna shahar va boshqa hududlar singari milliy o‘zbekona urf-odatlar va qadriyatlarni ham bag‘riga singdirgan.Qolaversa, viloyatning har bir hududida o‘ziga xos milliy kashtachilik udumi mavjud. Bugun hunarmandlarimiz mamlakatimizning boshqa viloyatlaridan kelgan kashtado‘zlar bilan o‘zaro fikr va tajriba almashadi,. Ko‘rgazma davomida tajribali urgutlik Mavluda Hamdamova hamda shu kabi respublikamizning tajribali kashtachilarining mahorat darslari va uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonda qo‘lda tikiladigan mahsulotlarga ko‘pdan beri qiziqib kelaman, – deydi germaniyalik sayyoh Ursula Shnayder. – Ayniqsa, kashtachilik ming bir mashaqqat bilan tikilishiga ko‘p guvoh bo‘lganman. Bugun ushbu ko‘rgazmada qatnashayotganimdan xursandman. O‘z yurtimga turli kashtachilik mahsulotlaridan xarid qilib, olib ketaman. Milliy kashtachilik respublika ko‘rgazma-savdosi ertaga o‘z ishini davom ettiradi.

Ma’lumot uchun: mazkur tadbir ilk bor 2018 yili Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati