“MARGʻILON BRENDI” YARATILADI

O‘zbek xalq amaliy san’atining asl tarixiy an’analarini o‘zida mujassam etgan, avloddan-avlodga meros sifatida o‘tib kelayotgan atlas va adras to‘qish, chitgarlik, milliy poyabzal (kosibchilik), do‘ppido‘zlik, ipakdan gilam to‘qish sohalarini rivojlantirish hamda nafis san’at asari hisoblanadigan matolarni bozor talablariga uyg‘unlashtirish, uni ommalashtirish va jahon bozorlarida haridorgirligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 noyabr kuni 753-F sonli Farmoyishi qabul qilindi.

Mazkur Farmoyishga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, «Hunarmand» Uyushmasi va Turizm qo‘mitasining jahon bozorida milliy hunarmandchilik mahsulotlari nufuzini oshirish maqsadida «Marg‘ilon brendi»ni yaratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Farmoyishda, o‘zbek milliy urf-odati, tarixiy an’analari, Farg‘ona vodiysining hunarmandchilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan Marg‘ilon brendini yaratish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi;

2024-2025 yillarda Marg‘ilon brendini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkaziladigan ko‘rgazma-yarmarka va festivallar ro‘yxati;

Hududlarda hunarmandchilik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi jami 3 ta ilovaga muvofiq tasdiqlab olindi.

Farmoyishning 3-ilovasiga muvofiq hududlarda hunarmandchilik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu rejada Farmoyishning amalga oshirish mexanizmi, chora-tadbirlar nomi, ijro muddati hamda mas’ul ijrochilar to‘liq ko‘rsatib o‘tilgan.

«Marg‘ilon brendi»ni yaratishda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilishi belgilanadi:

«Marg‘ilon brendi»ni ishlab chiqishda o‘zbek xalqining boy tarixi, milliy hunarmandchilik an’analari bilan uyg‘un holda aks etishi hamda Farg‘ona vodiysi tashrif qog‘ozlaridan bo‘lgan atlas va adras, do‘ppichilik kabi hunarmandchilik mahsulotlari belgilaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratish;

hunarmandchilik subyektlarining «Marg‘ilon brendi» ostida mahsulotlar ishlab chiqarishi hamda ushbu mahsulotlarni turizm reystriga kirgan hunarmandchilik obyektlari va turizm yo‘nalishidagi savdo shoxobchalarida realizasiya qilishiga ko‘maklashish;

2024–2025 yillarda xorijiy davlatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘rgazma-yarmarka va festivallarda «Marg‘ilon brendi» ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi hunarmandlarning keng ishtirokini ta’minlash.

Farg‘ona viloyati hokimligi «Hunarmand» uyushmasining har ikki yilda Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida «Atlas bayrami» an’anaviy to‘qimachilik festivali o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Oldingi Respublika “Hunarmand” uyushmasida Nadezhda Zdravkova bilan uchrashuv o‘tkazildi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish