O‘zbekistonlik hunarmandlar bilan birga Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrifimiz ikki davlat hunarmandlari uchun ham manfaatli bo‘ldi.
Boisi, ushbu uchrashuvda elchi janoblari o‘zbekistonlik hunarmandlardan tashkil topgan delegatsiyani ikki mamlakat hunarmandlari o‘rtasida tajriba almashish maqsadida Eron Islom Respublikasiga yuborish taklifini berdi. Ushbu taklif men qatori barcha hunarmandlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Samarqand viloyatida uzoq yillardan buyon koshinpazlik bilan shug‘ullanib kelaman. Ushbu hunar menga bobomeros, 3-avlodman. Nasib etsa o‘zbekistonlik katta usta-hunarmand ustozlarim bilan birgalikda Eron davlatiga o‘zim tayyorlagan eng sara mahsulotlarimni olib borib, eronlik koshinpazlarning ham ish faoliyatlarini kuzatish, ular bilan tajriba almashishga erishaman.