Usta zargar sifatida eronlik hunarmandlar bilan o‘zaro tajriba almashishdan mamnunman

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov boshchiligida Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ali Iskandariy janoblari bilan Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida uchrashib, suhbatlashdik.

Ushbu uchrashuv, biz hunarmandlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Elchi janoblarining biz o‘zbek hunarmandlarga ko‘rsatgan e’tirofi va e’tiboridan behad mamnun bo‘ldik. Suhbatimiz juda samimiy ruxda kechdi.

O‘zaro muloqot davomida eng avvalo, ikki mamlakat hunarmandlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, qolaversa, asbob uskuna, xom ashyo bilan ishlashda tajriba almashish, hunarmandchilikda mavjud imkoniyatlardan foydalanib, bir-birimizni to‘ldirgan xolda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldik.

Suhbat davomida elchi janoblari biz hunarmandlarni Eron davlatiga tajriba almashish maqsadida taklif etganlari ayniqsa bizni quvontirdi. Buxorolik usta zargar sifatida eronlik hunarmandlar bilan o‘zaro tajriba almashishdan behad mamnun bo‘ldim. Bu tashrif natijasida eronlik hunarmand do‘stlarimiz bilan hamkorlikda har ikki mamlakatda o‘zimiz tayyorlagan mahsulotlar ko‘rgazmasini o‘tkazish, eng muhimi, do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga erishamiz.

Maqsadimiz, biz o‘zbek hunarmandlari yaqin kelajakda nafaqat Eron davlati, balki dunyoning boshqa turli mamlakatlarida ham bo‘lib, o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlarini butun dunyoga tanitamiz.

Oldingi O‘zbekiston hamda Eron hunarmandlari o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatiladi

1 Fikir

  • 29 Noyabr 2024

    Усто Тойир Зур заргар хамма ишлари халол покиза бу хунарманднинг кулари олтиндан, заргар кулига тушган Хар кандай металл тезда таслим булади ва керакли шаклга киради,бу устани ишлари муомаласи фикру ихтироси мижозлар орасида биринчи уринда

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish