Ko‘rgazma: «Unutilgan tumor izidan»

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida O’zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi hamda O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi hamkorligida qashqadaryolik zargar Sharif Raupovning «Unutilgan tumor izidan» nomli ko‘rgazmasi o’tkazildi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi rahbari Rasuljon Mirzaxmedov, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi direktori Kamola Akilovalar so‘z olib, hunarmand tomonidan yaratilgan buyumlarda nafis naqshlar bilan uyg‘unlashgan milliylik nafasi, nozik qo‘l mehnati va eksklyuziv mualliflik kompozitsiyalari zargarlik san’atining yangicha qirralarini ochganligini e’tirof etib o‘tishdi.

Darhaqiqat, uning asarlari shunchaki bezak emas, balki o‘zbek an’analarining teranligi va o‘ziga xosligidan hikoya qiluvchi timsoldir.

Ko‘rgazma orqali siz badiiy hunarmandchilikning eng nozik turlaridan biri bo‘lgan o‘zbek an’anaviy zargarlik san’ati dunyosiga sho‘ng‘iysiz.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad nafaqat o‘zbek zargarlik san’atining asl qiyofasini qayta tiklash, balki uzoq vaqtdan beri hayotimizdan yo‘qolib borayotgan milliy bezaklarga nisbatan eskirgan qarashni o‘zgartirishdir. Loyiha laboratoriya xarakteriga ega bo‘lib, inson va predmetlarni xotira saqlovchilari sifatida birlashtiradi.

Tadbirda san’atshunoslar, milliy madaniyat ixlosmandlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Oldingi “Craft Fair Uzbekistan”

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.