“Craft Fair Uzbekistan”

Mazkur yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori doirasida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mahalliy, shu bilan birgalikda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlarida faoliyat olib borayotgan xorijiy hunarmandlar o‘zlarining qo‘l mehnatlari asosida yaratilgan ijodiy namunalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Shu o‘rinda aytish lozimki, har yili respublikamiz hududlarida 100 dan ortiq milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, festivallar, yarmarkalar tashkil etiladi va ularni hunarmandlarimiz orziqib kutadilar.

Sababi, bunday tadbirlarda hunarmandlarimiz o‘z mahsulotlarini sotibgina qolmay, ma’naviy ozuqa olib, madaniy hordiq chiqaradilar, o‘zaro tajriba almashadilar, xorijiy mamlakatlardan kelgan hunarmandlar bilan do‘stlik va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadilar,“Craft fair Uzbekistan” xalqaro yarmarkasi ham ana shunday an’anaga aylanib qoladigan ko‘rgazma-savdo bo‘lib qoladi, albatta.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlari yurtimizga kelayotgan ko‘plab sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mazkur yarmarkaning o‘tkazilishi ham avvalo hunarmandchilikda xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan.

Shuningdek, yarmarkada taqdim etilayotgan mahsulotlar ichki bozorda ham o‘z xaridorlarini topadi.

Bunday tadbirlarning tashkil etilishi hunarmandlarni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlari savdosiga ko‘maklashish, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilish, yoshlarga hunar o‘rgatishdan iborat.

Oldingi XALQARO KULOLCHILIK FORUMI

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.