Joriy yilning 3 iyun kuni viloyat hunarmandlari umumiy yig‘ilishi Jizzax shahar MONA markaz binosida viloyat hunarmandlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Hunarmand yuyshmasi raisi Rasuljon Mirzaxmedov shuningdek faol ustalar, yosh hunarmandlar, va OAV xodimlari qatnashdi.
Yig‘ilishda hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarni hunarga o‘rgatish, ustoz-shogird an’analarini mustahkamlash va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
