Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar tanlov yo‘li bilan qabul qilinadi. Har bir guruhlarda 12 nafargacha o‘quvchilar bo‘lishi ko‘zda tutilgan. O‘quvchilar shunchaki xattotlik bilangina shug‘ullanibgina qolmay, yozuv tarixi, o‘zbek, arab, fors tillari va yozuvi, husnixat, Gʻarb mamlakatlarida husnixat (lotin yozuvi), Sharq mamlakatlarida husnixat (arab, lotin, kirill yozuvlari), Kitobat san’ati bilan tanishuv kabi fanlarni o‘zlashtiradi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tgan ilmiy kengash yig‘ilishida ushbu maktabni tashkil qilinishi va faoliyati taqdimot qilindi.
Kitobat san’ati Sharq mamlakatlari, xususan, yurtimiz hududida o‘ziga xos yo‘nalishda tadrijiy taraqqiy etgan, qadimiy va bebaho san’atdir. Bu yo‘nalishda ajdodlarimiz ko‘chirgan qo‘lyozma asarlar betakror husnixati, islimiy naqshlari, tilla suvi bilan sayqallangani qariyb 1000 yil muqaddam ham xos kishilarning hayratiga sazovor bo‘lgan.
Bugungi kunga kelib kitoblar bosmaxonalarda bir paytning o‘zida minglab, millionlab nusxada nashr qilinsa-da, qo‘l mehnatining, ayniqsa, xattotlik san’atining o‘rni hanuzgacha beqiyosdir. Quvonarlisi, ajdodlarimizning merosini asrab-avaylash bilan bir qatorda, bu yo‘nalishda yosh shogirdlarni o‘qitish imkoniyati yaratilmoqda.
Madaniy merosni tiklash, yosh avlodni ma’naviy ruhda tarbiyalash, xattotlik san’atini xalqaro darajada tanitish, O‘zbekistonning jahon madaniy markazlaridan biri sifatida rivojlantirish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tasarrufida Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda. Maktab faoliyati Buyuk Britaniya qirollik jamg‘armasi huzuridagi An’anaviy san’at turlari maktabi, UNESCO, Islom hamkorlik tashkiloti, IRCICA (Turkiya), Tehron Xattotlik markazi (Eron), Muhammad ibn Salmon markazi (Saudiya Arabistoni), Sharja markazi (BAA) kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar tanlov yo‘li bilan qabul qilinadi. Yosh bo‘yicha: 6-12 yoshlilar guruhi (boshlang‘ich ma’lumot), 13-24 yoshlilar guruhi (davomchilar), 25 yoshdan yuqori (mahoratga erishish, soha magistrlarini tayyorlash) guruhlariga bo‘linadi. Har bir guruhlarda 12 nafargacha o‘quvchilar bo‘lishi ko‘zda tutilgan. O‘quvchilar shunchaki xattotlik bilangina shug‘ullanibgina qolmay, yozuv tarixi, o‘zbek, arab, fors tillari va yozuvi, husnixat, Gʻarb mamlakatlarida husnixat (lotin yozuvi), Sharq mamlakatlarida husnixat (arab, lotin, kirill yozuvlari), Kitobat san’ati bilan tanishuv kabi fanlarni o‘zlashtiradi. E’tiborlisi, darslarning amaliyotda qo‘llanishiga alohida e’tibor beriladi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tgan navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishida ushbu maktabni tashkil qilish va faoliyati haqida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
Manba: cisc.uz