O’zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov boshchiligidagi o’zbekistonlik hunarmandlardan tashkil topgan delegatsiya a’zolarining Eron Islom Respublikasidagi xizmat safarlari davom etmoqda.
Bugun delegatsiya a’zolari Isfaxon shahridagi Isfahon milliy san’atlar muzeyiga tashrif buyurdilar.
Shundan so’ng Isfaxonning mashxur Rizo Fathiy galereyasi bilan yaqindan tanishuv (rangtasvir yo‘nalishida) bo’ldi. Tushlikdan so’ng Isfaxon viloyati savdo sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv o’tkazilib unda ikki tomonni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Uchrashuv yakunida Isfahon viloyati Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik boshqarmasi va O’zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi o’rtasida o’zaro hamkorlik bo’yicha memorandum imzolandi.