O’zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi rahbari Rasuljon Mirzaaxmedov o’zbekistonlik bir guruh hunarmandlar bilan birgalikda Eron Islom Respublikasiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
Tashrifning ilk kunida Uyushma raisi Eron Islom Respublikasining Madaniy meros, turizm, hunarmandchilik va an’anaviy san’atlar bo’yicha vazirining xotin-qizlar bo’yicha maslahatchisi doktor Marviy xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda delegatsiya ishtirokchilarining Eron Islom Respublikasiga tashrifidan ko’zlangan maqsad va vazifalar muhokama qilindi.
Suhbat davomida ikki mamlakat hunarmandlari o‘rtasida o’zaro tajriba almashish, amaliy san’at va xunarmandchilik sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, asbob uskuna, xom ashyo bilan ishlashda tajriba almashish, hunarmandchilikda mavjud imkoniyatlardan foydalanib, yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.