2026-yil fevralda Hunarmand uyushmasi tomonidan IKAT mavzusida ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni uyushma raisi Rasuljon Mirzaaxmedov olib bordi.
Yig‘ilishda:
Aziza Umarova – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi vakili
Binafsha Nodir – san’atshunos olim (PhD), “SAN’AT” (“ART”) va “Hunarmand” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi
Lola Sayfi – Human House asoschisi
Shuningdek, hududlarda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar ham faol ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili ishtirok etib, sohadagi imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan ma’lumot berdi.
Yig‘ilish davomida IKAT yo‘nalishini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish hamda milliy hunarmandchilikni jahon bozorida targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

