Avval xabar berganimizdek, Hunarmand” uyushmasi The ALIPH–EU Central Asia Call for Projects tanlovida “Ikat Connection” loyihasi grant g‘olibi bo‘lgan edi.
Hunarmand uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Markaziy Osiyoda an’anaviy ikat hunarmandchiligini saqlash, tiklash va zamonaviy rivojlanish bilan uyg‘unlashtirishni maqsad qilgan.
“Ikat Connection” loyihasi doirasida:
- tarixiy manbalar va muzey kolleksiyalarini o‘rganish;
- ustalar va tadqiqotchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish;
- an’anaviy ikat to‘qish usullarini hujjatlashtirish;
- yosh avlodga bilim va ko‘nikmalarni yetkazish ishlari rejalashtirilgan.
Ayni paytda loyiha doirasida tashkiliy jarayonlar boshlandi hamda xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Mutaxassislar jalb qilinib, hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
Mazkur loyiha nafaqat madaniy merosni asrash, balki uni bugungi iqtisodiy va ijodiy jarayonlar bilan bog‘lashga xizmat qiladi. Loyiha The ALIPH–EU ko‘magida va Yevropa Ittifoqining hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Jarayonlar haqida muntazam ravishda ma’lumot berib boramiz.