Avval xabar berilganidek, “Hunarmand” uyushmasi The ALIPH–EU Central Asia Call for Projects tanlovi doirasida “Ikat Connection” loyihasi bilan 40 000 AQSh dollari miqdoridagi grant g‘olibi deb topildi.
Bugun, 16-aprel kuni, “Hunarmand” uyushmasi hamda loyiha ekspertlari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida:
— loyihani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi;
— amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi;
— mas’ul tomonlarning vazifalari belgilab olindi.
Mazkur loyiha doirasida milliy madaniy merosni asrash, nomoddiy madaniy qadriyatlarni kelgusi avlodlarga yetkazish hamda hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Loyiha The ALIPH–EU ko‘magida va Yevropa Ittifoqining hamkorligida amalga oshirilmoqda.

