“Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida  “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oilalarga ko‘krak nishoni va tegishli sovg‘alarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, ko’krak nishon sohiblari safida Respublika “Hunarmand” uyushmasi bo’lim boshlig’i Chori Shodiyev hamda buxorolik usta kulol Alisher Narzullayevlarning oilasi ham bor.

Mukofotlar Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova, “Nuroniy” jamg‘armasi Boshqaruvi raisi S.Turdiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari O.Hasanov, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Hojimatov, Respublika Mahallalar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari J.Inog‘omovlar tomonidan topshirildi.

 

 

 

Oldingi Milliy hunarmandchilik va turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan “Startap” loyihalar tanlovi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.