Milliy hunarmandchilik va turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan “Startap” loyihalar tanlovi

Ichki va xalqaro turizm bozoriga mo‘ljallangan, ekologik toza va yuqori sifatli hunarmandchilik mahsulotlarini yaratish, hududiy hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning turizm infratuzilmasida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida hunarmandchilik sohasida innovatsion “Startap” loyihalar tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovda ishtirok etadigan mahsulotlar qayta ishlangan yoki tabiiy xomashyolardan tayyorlangan, yuqori sifatli va xalqaro standartlarga mos bo‘lishi lozim. G‘oliblar bir nechta bosqichda aniqlanadi: arizalarni qabul qilish, mutaxassislar tomonidan baholash, loyiha taqdimotlari va yakuniy g‘oliblarni e’lon qilish. Ishtirokchilarga pul mukofotlari va maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Bu tanlov — milliy qadriyatlarimizni asrab qolgan holda, ularni xalqaro turizm standartlariga moslashtirish va O‘zbekistonni jahon sayyohlik xaritasida yanada yorqinroq namoyon etish yo‘lidagi muhim tashabbusdir.

Arizalar 2025-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: handicraftman.uz

 

Oldingi “Kitobsevar yoshlar” munosib taqdirlandi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.