Respublika “Hunarmand” uyushmasida “Hunarmandlar uchun zamonaviy texnologiyalar, mahalliy va xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlikda naqd pulsiz-onlayn to‘lov mexanizmlarini kengaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtirildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov, O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi “Turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish” Boshqarma boshlig‘i Ibrohim Barnayev, Islomiddin Sirojiddinov Turizm qo‘mitasi Bosh mutaxassisi Lyudmila Safronkina, «MayaSoft» to‘lov tizimi “MARTA” ilovasi taqdimoti Marketing bo‘limi boshlig‘i, Toshmuhhamedova Maftunahon Alisher Qizi, loyiha menedjeri hamda hunarmandlar ishtirok etdi.
Tadbirni Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir davomida «MayaSoft» to‘lov tizimi “MARTA” ilovasi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbir yakunida Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamda «MayaSoft» to‘lov tizimi “MARTA” ilovasi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.
Memorandumni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov hamda «MayaSoft» to‘lov tizimi “MARTA” ilovasi Marketing bo‘limi boshlig‘i Lyudmila Safronkina imzoladilar.