Hurmatli yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlar hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosida ishtirok eting. 2023-yilning 21-22-yanvar kunlari Toshkent shahrining “NEXT” savdo majmuasida hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma-savdo Respublika “Hunarmand” uyushmasi, “NEXT” savdo majmuasi hamkorligida o‘tkaziladi. O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan hunarmandchilikning 20 ga yaqin yo‘nalishlari jumladan, kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi maktablariga xos betakror mahsulotlarni hamda o‘z yaqinlaringiz …
Hurmatli yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlar hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosida ishtirok eting. 2023-yilning 21-22-yanvar kunlari Toshkent shahrining “NEXT” savdo majmuasida hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma-savdo Respublika “Hunarmand” uyushmasi, “NEXT” savdo majmuasi hamkorligida o‘tkaziladi. O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan hunarmandchilikning 20 ga yaqin yo‘nalishlari jumladan, kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi maktablariga xos betakror mahsulotlarni hamda o‘z yaqinlaringiz uchun mahalliy hunarmandlarimiz qo‘li bilan yasalgan, yurtimiz go‘zalligini, betakrorligi aks ettirilgan suvenir sovg‘alarini xarid qilishingiz mumkin.
Shuningdek, milliy adras, kashta, shoyilardan libboslar, qorako’l va boshqa noyob mo’ynalardan tayorlangan ustki kiyimlar defile ko’rgazmasi boʻlib oʻtadi. Ko‘rgazma-savdoda hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, qolaversa, loydan ko‘za yasash, ipakdan mato to‘qish, do‘ppiga naqsh berish hamda beshik yasash jarayonlarida bevosita ishtirok etishingiz mumkin. Hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma savdosini o‘tkazib yubormang.
☎️Batafsil ma’lumot uchun:
+99871 279-80-88