Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining VI Konferensiyasi o‘tkazildi

“Hunarmand” uyushmasining VI Konferensiyasi o‘tkazildi

2023 yil 16 noyabr kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy  ko‘rgazmalar majmuasi Amir Temur zalida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining VI Konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada hududlardan saylangan hunarmand delegatlar, hukumat vakillari, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. Konferensiya kun tartibida Respublika “Hunarmand” uyushmasining so‘ngi besh yillikda erishgan natijalari va istiqboldagi rejalar kabi masalalar o‘rin…

2023 yil 16 noyabr kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy  ko‘rgazmalar majmuasi Amir Temur zalida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining VI Konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada hududlardan saylangan hunarmand delegatlar, hukumat vakillari, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. Konferensiya kun tartibida Respublika “Hunarmand” uyushmasining so‘ngi besh yillikda erishgan natijalari va istiqboldagi rejalar kabi masalalar o‘rin oldi.

Ta’kidlaganidek, So‘nggi 5 yilda aynan sohani rivojlantirish va xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga oid O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 3 ta farmon, 6 ta qarori va Vazirlar Mahkamasining 3 ta qarori qabul qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda amalda bo‘lgan 6 ta qonun va qonunosti hujjatlarining hunarmandchilik sohasiga taalluqli bo‘lgan bandlariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi. 2018 yil 1 iyundan boshlab “CRM” elektron dasturi ishga tushirildi va a’zolik to‘g‘risida elektron QR-kodli guvohnoma berish yo‘lga qo‘yildi.Natijada, 395 ming (shundan, 101 ming hunarmand, 294 ming shogird) nafar fuqaro “CRM” elektron dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi.

2018 yilga qadar  a’zolar soni 9 823 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib hunarmandlar soni 8 barobarga, shogirdlar soni esa 10 barobarga ko‘payib, sohada band bo‘lganlar soni 395 ming nafarga yetdi. Amaliy san’at turlarini qayta tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasida dastlab amalda bo‘lgan 25 ta hunar turlari soni 34 taga, bugunga kelib esa 43 taga ko‘paydi. Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 36 ming nafar hunarmandga 1,1 trln. so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi. Respublika bo‘yicha jami 9 568 ta mahallalarning 7 039 tasiga hunarmandchilik sohasi kirib bordi. Birgina misol, o‘tgan davr mobaynida “Hunarmand” uyushmasi a’zolari va kam ta’minlangan hamda ishsiz, shuningdek nogironligi bo‘lgan jami 16,5 ming nafar fuqarolarga 15,6 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.

XxMillatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda 74 ta tumanda 252 ta to‘garak-ustaxona (kurslar) tashkil etilib, unda 1 116 nafar hunarmand tomonidan 5 797 nafar turli millatga mansub shogirdlarga hunarmandchilik sirlari o‘rgatildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi PQ-5020-son qarori 9-bandi ijrosi bo‘yicha “Hunarmand” uyushmasining taklifiga asosan tashabbuskor hunarmandlar tomonidan respublikamizning 9 ta hududida umumiy qiymati 11,9 mlrd.so‘mlik hunarmandchilikning 6 ta yo‘nalishida klasterlar tashkil etildi.

2019 yilda uyushma World craft consul (WCC) – Butunjahon hunarmandlar kengashiga a’zo bo‘ldi. Yurtimizda o‘tkazilgan xalqaro festivallar  natijalariga ko‘ra Qo‘qon, Buxoro, Marg‘ilon shaharlariga Butunjahon hunarmandchilik shahri maqomi berildi. 2020 yilda Butunjahon Hunarmandlar kengashi – Osiyo va Tinch Okeani mintaqasining 2021-2024 yillar Prezidentligi O‘zbekistonga topshirildi. «Xalq amaliy san’ati ustalarining Milliy katalogi yaratilib, unga hunarmandchilikning an’anaviy yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan 350 nafardan ortiq hunarmandlar kiritildi.

Xotin-qizlarning hunarmandchilik sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan hunar turlari bo‘yicha ko‘nikmalarni egallash imkonini beradigan 118 ta qisqa muddatli bepul o‘quv kurslari respublikaning chekka hududlarida tashkil etildi. 1 059 nafar xotin-qiz usta-shogird an’anasi asosida hunar o‘rgandi. O‘quv kurslarida shogirdlarga hunar o‘rgatgan usta-hunarmandlarga Uyushma mablag‘lari hisobidan 137 mln. so‘m ajratildi. So‘nggi yillarda 41 ta jazoni ijro etish usta-shogird asosida tashkil etilgan 394 ta o‘quv kurslarida bugunga qadar 5049 nafar mahkumga hunar o‘rgatildi hamda Uyushmaning maxsus sertifikatlari taqdim etildi.

Z2019-2023 yillarda O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga hunarmandchilikning kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik va qo‘lda gazlama to‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha jami 66 mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi. Hunarmandlarning xorijga chiqishiga yaratilgan sharoitlar natijasida jami 600 nafarga yaqin hunarmand 56 ta xorijiy tadbirlarda ishtirok etdi. Natijada 11.1 mln. dollarlik hunarmandchilik mahsulotlari savdosi amalga oshirildi.

Hunarmandlarning xorijiy tadbirlarda ishtirokini ta’minlash maqsadida “Xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Buning natijasida, hunarmandlarga 5 000 AQSH dollari miqdorida bo‘lgan hunarmandchilik mahsulotlarini eksport shartnomasi tuzmasdan va yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirmasdan olib chiqishlariga ruxsat hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi orqali amalga oshiriladigan parvozlariga 25 foizlik maxsus chegirmalar berildi.

Bugungi kunda hunarmandchilik mahsulotlari bilan savdo qiluvchi 9 ta internet do‘kon faoliyati optimallashtirildi. Shu bilan birga, uzcrafts.uz, icrafts.uz, suzanishop.uz, craftshipman.com va ikatmarketing.com saytlari o‘z faoliyatini  muntazam olib bormoqda. Ularda 4 000 dan ortiq hunarmandchilik mahsulotlari joylashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PQ–4539-son qaroriga asosan Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri” tashkil etildi.Bugungi kunda ushbu reyestrga jami 2 458 nafar hunarmandlar kiritildi.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari binolarida (14 ta davlat 21 ta shahar) hunarmandchilik mahsulotlari shourumlari tashkil etish uchun jami 2 mlrd. 420 million so‘mlik mahsulot yetkazib berildi. Respublika hududida jami 5 ta xalqaro, 1 585 ta mahalliy tadbirlar o‘tkazildi. Mahalliy tadbirlarda 37 ming nafar aholi ishtiroki ta’minlandi. O‘zbekistonning 4 ta hududida bor yo‘g‘i 13 ta markaz faoliyat ko‘rsatib kelgan bo‘lsa, bugunga kelib, respublikaning 14 ta hududida jami 78 ta hunarmandchilik markazlari qurilib, ularda5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

O‘tgan davr mobaynida 25 mingdan ortiq axborot materiallari uyushmaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirildi.Shuningdek, 191 ta matbuot anjumanlari, brifinglar, press-turlar, taqdimotlar, 612 ta onlayn efirlar tashkil etildi. Shu bilan birga, barcha ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qilish tizimi yaratilgan. Shuningdek, konferensiyada hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini saqlash va rivojlantirishga qaratilgan Respublika “Hunarmand” uyushmasining ustuvor vazifalari belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati