"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi

2020 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida tashkil etilgan hunarmandchilik muzeyida Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi. Press-turda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rahbar va xodimlari, hunarmandlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining alohida e’tibor va tashabbuslari bilan o‘tgan 3-4 yilda…

2020 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida tashkil etilgan hunarmandchilik muzeyida Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Press-turda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rahbar va xodimlari, hunarmandlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining alohida e’tibor va tashabbuslari bilan o‘tgan 3-4 yilda hunarmandchilikni rivojlantirishga juda katta imkoniyatlar yaratildi, shuningdek bu borada qator Farmon va Qarorlari qabul qilindi.

Buning natijasida, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini saqlab qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarning hunarmandchilik bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha tizimda bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.

Muhtaram Prezidentimizning Farmon va Qarorlari bilan hunarmandlarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi natijasida “Hunarmand” uyushmasiga a’zolar soni bugungi kunda 59,7 ming nafarga yetdi yoki Farmongacha bo‘lgan davrga nisbatan 4 barobarga oshdi. Shundan 26,5 ming nafari joriy yilda shakllandi. Shu bilan birga, “usta-shogird” an’analari rivojlanib, Respublikada shogirdlar soni 55,7 mingtaga yetdi, shundan 51,6 mingtasi joriy yilda shakllandi. Respublikada yaratilgan ish o‘rinlari soni 167,0 mingtaga yetdi, shundan 78,2 mingtasi joriy yilda yaratildi.

Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 2020 yil davomida 589,3 mlrd so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi belgilangan bo‘lsa, shu kun holatiga 17 259 ta loyihalarga jami 533,7 mlrd so‘m mablag‘lar ajratildi.

 Joriy yilda, respublikaning Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Navoiy, Namangan viloyatlarida shu kungacha hunurmandlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 10 ta markaz qurib  foydalanishga topshirildi.

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” Tematik istirohat bog‘i hududida qiymati 40 mlrd. so‘mlik “Hunarmandlar markazi” qurilish ishlari yakunlandi. Hunarmandchilikning zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar uchun alohida umumiy yer maydoni 2000 kv. metr bo‘lgan 400 o‘ringa mo‘ljallangan savdo rastalari va ishlab chiqarish ustaxonalari uchun joy tashkil etildi. Tanlov asosida 202 nafar hunarmand do‘konlariga joylashib, bugungi kunda o‘z faoliyatlarini amalga oshirmoqda.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi 1,2 gektar maydonga qiymati 14 mlrd so‘mlik 2 qavatlik 20 ustaxona va hunarmandlar yashashilari uchun Suzukota misolidagi 150 nafar ish o‘rinlik yangi “Kulolchilik markazi” barpo etildi. Hozirda respublikaning eng mashhur usta kulollarini markazga joylashtirilib, faoliyat yuritmoqdalar.

Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi 0.5 gektar maydonga 1 qavatlik 9 ta ustaxonadan iborat 45 nafar yangi ish o‘rinlik “Kashtachilik markazi” tashkil etildi. Ushbu markaz 2020 yilning 10 dekabr kuni Navoiy viloyati Nurota tumani “Chashma” Hunarmandchilikka ko‘maklashish markazining ochilish marosimi o‘tkazildi  markaz o‘z faoliyatini boshladi.

Shaxrixon, Kattaqo‘rg‘on, Uchtepa, Yangiariq tumanlari va Shaxrisabz shahrida 6  ta hunarmandchilik markazlarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

  Shuningdek, yirik bozor va savdo majmualarida 4291  ta savdo rastasi tashkil etilib, 4507 nafar hunarmand joylashtirilgan.

  Respublika bo‘yicha 1 ta hunarmandlar bozori (Ho‘jayli tumanida) to‘liq ta’mirlanib ishga tushirildi, 4 tasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 28 noyabrdagi PQ–4539-son qarorga muvofiq “Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi” tashkil etildi. Milliy katalog ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt ko‘rinishida ishga tushirilib, bugungi kunda katalogga kiritilgan 338 (uch yuz o‘ttiz sakkiz) nafar hunarmand faoliyati “Hunarmand” uyushmasining “handicraftman.uz” saytida yangilanib borilmoqda.

Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan xamkorlikda “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri” xam onlayn tarzda ishga tushirildi, bugungi kunda 1 466 nafar hunarmand ushbu reyestrga kiritildi, ro‘yxat yangilanib borilmoqda. Mazkur reyestr “Hunarmand” uyushmasining “handicraftman.uz” saytida joylashtirildi, shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “uzbektourizm.uz” saytida “handicraftman.uz” saytiga o‘tish uchun havola kiritildi.

Prezidentning Farmon va Qarorlari asosida“Hunarmand” uyushmasi qoshida “Craft and Art” MChJ tashkil etildi, pandemiya sharoitida 300 ga yaqin hunarmandlarga 780 mln. so‘mlik mahsulotlarini ichki bozorlarda sotishga amaliy yordam berildi.

Bundan tashqari, jamiyat tomonidan davlat tashkilotlari va yirik sarmoyador korxonalar bilan o‘zaro xamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularga yil davomida buyurtmalarga asosan 250 mln. so‘mlik milliy hunarmandchilik mahsulotlari yotkazib berildi.

Shu bilan birga, jamiyat hamda Xitoy Xalq Respublikasining “China Xinjing Kroran Culture Media Co”kompaniyasi bilan hamkorlikda, Ivu shahrida “O‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari Savdo uyi”ni ochish maqsadida “Yiwu UzCraft and Art. Ltd” kompaniyasi tashkil etildi, 20 mln. so‘mlik hunarmandchilik mahsulotlari namuna sifatida yuborildi.

Shuningdek, jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi vakolatxonasi hududida tashkil etilgan savdo uyiga ham 30 mln. so‘mlik namunaviy mahsulot jo‘natildi.

Riga shahrida Latviyaning “ARMAS” kompaniyasi bilan hamkorlikda hunarmandchilik mahsulotlari savdo do‘koni tashkil etildi. Bugungi kunga qadar ushbu savdo do‘koniga 65ming AQSH dollari miqdorida milliy pichoqlar va kulolchilik mahsulotlari yetkazib berildi.

Bundan tashqari, Gresiyaning Afinashahrida ham savdo uyiochilgan bo‘lib, u yerga 250ming AQSH dollari miqdorida milliy hunarmandchilik mahsulotlari yetkazildi.

Hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini realizasiya qilishda ko‘maklashish va E-commerce tizimida onlayn savdoni yo‘lga qo‘yish maqsadida: uzcrafts.com va uzcraft.shopsettings.com internet magazinlari, www.youngcrafters.uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Telegram)UzCraft.com kanal va guruhlari; Yebayva ETSY(AQSH) halqaro onlayn savdo  maydonchalarida Uzbek Craft and Art savdo do‘konlari; “Hunarmand” uyushmaning xududiy boshqarmalari tomonidan chekka hududlardagi hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish va pandemiya davrida hunarmandchilik mahsulotlarini tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida har bir viloyatda internet do‘konlari tashkil etildi.

Hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini onlayn savdo orqali sotishni tashkil etish, onlayn savdoning qulayligi, dunyoning yirik elektron savdo platformalarida faoliyat yuritishga o‘rgatish bo‘yicha joriy yilning aprel-may oylarida respublikaning barcha hududlarida seminar-treninglar o‘tkazildi. Natijada, 112 ta hunarmand mustaqil ravishda onlayn savdo bilan shug‘ullanishni boshladi.

Bundan tashqari, “Hunarmand” uyushmasi va uning hududiy boshqarmalari qoshida tashkil etilgan onlayn savdo do‘konlari va saytlariga joylashtirish va savdosini tashkil etish maqsadida hunarmandlarning mahsulotlari qabul qilindi.

Hunarmand” Uyushmasi tomonidan Bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda hunarmandchilikka ixtisoslashgan (Toshkent shahridan tashqari) hududlarida hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha 43 ta tuman (shahar)larda o‘quv kurslari tashkil etildi. Shuningdek, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida tashkil etiladigan o‘quv kurslarida hunarmandchilikning yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadigan usta-hunarmandlarning ro‘yxati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga berilgan kasb-hunarga o‘qitish markazlariga qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori qabul qilindi va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlandi.

   “Hunarmand” uyushmasi tomonidan turli millat va elatlarga xos hunarmandchilik tarmoqlarini rivojlantirish orqali sohaga oid tadbirkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va aholini o‘zini o‘zi band qilishga o‘rgatish bo‘yicha ushbu millat vakillari uyushgan holda yashaydigan tuman (shahar)larda zaruriy uskunalar bilan jihozlangan to‘garak-ustaxonalar (kurslar)ni tashkil etish va hunarga o‘rgatish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Hunarmand” uyushmasi a’zolaridan turli millatga mansub hunarmandlar ro‘yxati tuman (shahar)lar kesimida shakllantirilib, usta hunarmadlar va shogirdlar soni 2020 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra qo‘shimcha 746 nafar hunarmand va shogirdlar jalb etildi va umumiy hisobda 5584 tani tashkil etdi, hamda jami 171 ta to‘garak-ustaxonalar (kurslar) tashkil etildi. Chekka hududlarda aholini hunarmandchilikka qiziqtirish maqsadida tajribali usta-hunarmandlar (shu jumladan boshqa millatdagi) tomonidan viloyatlarning 38 ta tumanlarida 59 ta mahorat darslari tashkil etildi va jami 676 nafar fuqaroning ishtirok etishi ta’minlandi,

2020 yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi binosida Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (WCC- ARR) ning 38-Bosh Assambleyasida bo‘lib o‘tdi unda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi onlayn ishtirok etdi. Anjumanda 34ta mamlakatdan 80 dan ortiq delegatlar qatnashadi. Jumladan, Jahon Hunarmandlar Kengashi Prezidenti Rozi Grinliz, tashkilotning Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasi Prezidenti Gada Qaddumi, Boshqaruv Kegashi a’zolari hamda a’zo mamlakatlar milliy tashkilotlari ishtirok etdi. Assambleya yig‘ilishida asosiy masala Jahon Hunarmandlar Kengashi – Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasining 2021-2024 yillar Prezidentiligini O‘zbekistonga topshirishni ratifikasiya qilindi, va yangi Prezidentlikka  professor Adham Ikromov saylandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, qadimdan hunarmandchilik va amaliy san’at rivojlangan O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan O‘zbekiston ham jahon xalqlari madaniyati rivojiga sezilarli hissa qo‘shib kelgan deb bemalol ayta olamiz. Bugun dunyoning ko‘plab muzeylarida saqlanayotgan osori-atiqalarimiz, amaliy san’at namunalari barchamizning ko‘zimizni quvontirishi shubhasiz. Ushbu madaniyat an’analarini munosib davom ettirish, uni asrab avaylash va kelajak avlodga munosib ravishda yetkazish ushbu qarorning ham ahamiyati katta.

Press-tur so‘ngida jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand”  uyushmasi
Axborot xizmati

[bvi]