Hamkorlik memorandumi imzolandi

Milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli va kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash maqsadida

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengashi hamda “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyat boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik memorandumidan quyidagi yo‘nalishlar o‘rin olgan:

Hunarmandchilik sohasidagi qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, hunarmandlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

Uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, «Ustoz-shogird» an’analarini rivojlantirish maqsadida «Xizmat-beminnat» ko‘ngillilar loyihasini amalga oshirish.

Aholini hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik sohalarida bandligini oshirish uchun hunarmandchilik va tadbirkorlik sub’yektlariga imtiyozli mikrokreditlar ajratishga ko‘maklashish.

Oldingi Isfahon viloyati Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik boshqarmasi va O’zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi o’rtasida o’zaro hamkorlik bo’yicha memorandum imzolandi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.