«Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida yoshlarimizni milliy hunarmandchiligimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bolajonlarimiz G‘ijduvon kulolchilik maktabining yirik vakili — usta kulol Abdulla Narzullayev uy muzeyiga tashrif buyurishdi.
Bu ekskursiya orqali ular:
loydan buyum yasash bosqichlari bilan tanishishdi,
kulolchilikda ishlatiladigan tabiiy materiallar va bo‘yoqlar haqida ma’lumot olishdi,
kashtachilik va gilam to‘qish san’ati sirlari bilan ham tanishishdi.
Bolalar har bir hunarmandchilik mahsuloti ortida katta mehnat, sabr va ijod yotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, buni chuqur his qilishdi.