“Gilamlar jilosi” — Ijodiy tanlov yakunlari!
Xiva shahrida 2025-yil 18–19-oktabr kunlari o‘tkaziladigan “Gilamlar jilosi” xalqaro gilam ko‘rgazmasi uchun yangi logotip yaratish bo‘yicha e’lon qilingan ijodiy tanlov o‘z yakuniga yetdi.
Tanlovga 8 nafar iste’dodli ijodkor o‘z g‘oyalarini taqdim etdi. Barcha loyihalar yuksak mahorat, milliy ruh va zamonaviy dizayn uyg‘unligi bilan ajralib turdi.
Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin — Nilufar Jo‘rayeva
5 000 000 so‘m pul mukofoti
2-o‘rin — Diyarbek Hayitbayev
3 000 000 so‘m pul mukofoti
3-o‘rin — Botirova Asiba
2 000 000 so‘m pul mukofoti
“Hunarmand” uyushmasi barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiradi va g‘oliblarni chin qalbdan tabriklaydi