Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Furqat tumanida ham “faol tadbirkorlar bilan muloqot” tadbiri doirasida amaliy uchrashuv tashkillandi

Furqat tumanida ham “faol tadbirkorlar bilan muloqot” tadbiri doirasida amaliy uchrashuv tashkillandi

Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, biznesda erishayotgan amaliy natijalari bilan viloyatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratib, butun jamiyatga naf keltirayotgan faol tadbirkorlarning hududlarda aholi vakillari bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Xususan, bugun Furqat tumanida “Usta Yusufjon naqqosh” hunarmandchilik maktabi asoschisi, «Usta Yusufjon…

Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, biznesda erishayotgan amaliy natijalari bilan viloyatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratib, butun jamiyatga naf keltirayotgan faol tadbirkorlarning hududlarda aholi vakillari bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Xususan, bugun Furqat tumanida “Usta Yusufjon naqqosh” hunarmandchilik maktabi asoschisi, «Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasi usta naqqoshi, O‘zbekiston Xalq ustasi, «El-urt hurmati” ordeni sohibi Muhammadali Yunusovning mahalla faollari, yosh tadbirkorlar bilan muloqoti tashkil etildi.

Tadbirkorlikka qiziqish bildirayotgan, endigina tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan furqatliklar jalb etilgan uchrashuvda yurtimizda yaratilayotgan ishbilarmonlik muhiti, yaratilayotgan qulayliklar, ulardan samarali foydalanish to‘g‘risida so‘z bordi. Korxona rahbari Muhammadali Yunusov milliy yog‘och o‘ymakorligi maktabining munosib davomchisi. Uning ishlari yurtimizdagi ko‘plab maqbara va yangi majmualarga ko‘rk bag‘ishlagan. “Qo‘ligul” hunarmand O‘zbekiston xalq ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan.

Muhammadali Yunusov ijodida “pargori”, “sharafa”, “muqarnas” va “islimiy” uslublar ustuvor. Naqshinkor ustunlar, kursi, lavh, quticha va boshqa oilaviy buyumlar hamisha xaridorgir. Ustaning shogirdlari ko‘p. Shu bois korxonaga keng sharoit yaratish maqsadida yangi bino qurib bitkazilgan. Shuningdek, davlat rahbarining korxonaga tashrifi davomida berilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan tadbirkor hunarmandchilik maktabi faoliyatini tashkil etishi natijasida 100 nafardan ziyod yoshlar uchun doimiy ish o‘rinlari yaratgan. Erishilgan natija va olingan daromadlar evaziga tumandagi ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatishda, yosh hunarmandlarni yaqindan qo‘llab-quvvatlashda ham tadbirkor o‘z munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Uchrashuv davomida ishtirokchilar tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Muhammadali Yunusov hamda soxa vakillaridan kerakli javoblarni oldilar.

Author: Uyushma axborot xizmati