Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Farg’ona viloyat markazida do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi

Farg’ona viloyat markazida do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi

Xalqaro do‘stlik kuni oldidan viloyat hokimligi va hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan festivalda milliy madaniy markazlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Festival doirasida xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, yurtimizning betakror tabiati, millatlararo do‘stlik, turli millat vakillarining yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi aks etgan tasviriy san’at asarlari, milliy taom va liboslar, hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmalari ham tashkil etildi….

Xalqaro do‘stlik kuni oldidan viloyat hokimligi va hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan festivalda milliy madaniy markazlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Festival doirasida xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, yurtimizning betakror tabiati, millatlararo do‘stlik, turli millat vakillarining yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi aks etgan tasviriy san’at asarlari, milliy taom va liboslar, hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmalari ham tashkil etildi.

Shuningdek, milliy madaniy markazlar badiiy jamoalarining mustaqillikni, tinchlik, do‘stlik, yoshlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari yangradi, taniqli xonandalar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Author: Uyushma axborot xizmati