Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Chinnilar nomi qayerdan kelib chiqqan?

Chinnilar nomi qayerdan kelib chiqqan?

Ma’lum bo‘lishicha, «chinni» atamasi XIX – XX asrlarda O‘rta Osiyo kulolchilik buyumlariga nisbatan qo‘llanilgan. Bu buyumlarni tayyorlashda Xitoy (Chin) mahsulotlariga taqlid qilingan bo‘lib, qalay-qo‘rg‘oshin bilan qoplangan. So‘ng ko‘k rangga bo‘yalib, ikki marta pishirilgan. Afsonaviy chinni buyumlar asosan Rishtonda ishlab chiqarilgan. Ko‘m-ko‘k rangdagi o‘simliksimon naqshlar ham Xitoy chinnisi gullariga taqlidan bezatilgan. Darvoqe, 1918 yilda Rishtonda paydo…

Ma’lum bo‘lishicha, «chinni» atamasi XIX – XX asrlarda O‘rta Osiyo kulolchilik buyumlariga nisbatan qo‘llanilgan. Bu buyumlarni tayyorlashda Xitoy (Chin) mahsulotlariga taqlid qilingan bo‘lib, qalay-qo‘rg‘oshin bilan qoplangan. So‘ng ko‘k rangga bo‘yalib, ikki marta pishirilgan. Afsonaviy chinni buyumlar asosan Rishtonda ishlab chiqarilgan. Ko‘m-ko‘k rangdagi o‘simliksimon naqshlar ham Xitoy chinnisi gullariga taqlidan bezatilgan. Darvoqe, 1918 yilda Rishtonda paydo bo‘lgan birinchi kulollar korxonasi “chinnigaron” deb atalgan. O‘zbekistonda kulolchilikning rivojlanishi va nega lojuvard rangdan keng foydalanilgani haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumining “Sharq davlat muzeyi to‘plami” kitobida bilib olishingiz mumkin.

Author: Uyushma axborot xizmati