BUGUN TUG’ILGAN KUN!

Bugun xalq amaliy san’ati ustasi, mohir kashtado‘z Madina Kasimbayeva tavallud topgan kun!

M. Kasimbayeva an’anaviy kashtachilik san’atini rivojlantirishga o‘z ulushini qo‘shib kelayotgan Respublikadagi ishbilarmon, tashabbuskor va taniqli hunarmandlardan biridir.

Uning saralangan ijodiy ishlari nafaqat mamlakatimizda, balki Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, AQSH, Turkiya, Fransiya, Vengriya, Qatar, Venetsiya, MDH mamlakatlari va boshqa davlatlardagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.

“Suzani by Kasimbayeva” brendi asoschisi M.Kasimbayeva oltin merosimiz bo‘lgan kashtachilik san’atini kelajak avlodga to‘laqonlicha yetkazish maqsadida usta-shogird maktabini yaratib, bugungi kungacha 1500 dan ortiq shogird tayyorlagan.

Respublika «Hunarmand» uyushmasi jamoasi nomidan
xalq amaliy san’ati ustasi, mohir kashtado‘z Madina Kasimbayevani bugungi tavallud topgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga sihat-salomatlik, ishlariga rivoj, xonadoniga fayzu baraka tilaymiz!

Oldingi RAIS KUBOGI UCHUN MUSOBAQA O’TKAZILDI

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.