Bugun Хalq amaliy san’ati ustasi, zardo‘z Aslon Ramazonovni tug‘ilgan kuni. Aslon Ramazonov 1986-yilda Moskva xalq san’ati universitetining dastgohli rangtasvir va grafika fakultetini tugatgan.
U uzoq izlanishlar natijasida o‘z ijodida-tasviriy hamda amaliy san’at sintezida yangi bir uslubga muvaffaqiyat qozondi, ya’ni qorako‘l terilari parchalaridan va har xil zar iplardan portret yaratish texnologiyasini vujudga keltirib, uni yillar davomida shakllantirib hamda mukammallashtirib borgan.
A.Ramazonov turli yillar davomida Vatanimiz hamda xorijiy mamlakatlarning tarixiy shaxslari, urush va mehnat faxriylari, Fan va madaniyat namoyandalari bilan bir qatorda Davlat va jamoat arboblari obrazlarini ham o‘ta nozik did va yuksak mahorat bilan yaratib kelmoqda.
Respublika «Hunarmand» uyushmasi jamoasi Aslon Ramazonovning tavallud kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, ustaga sihat-salomatlik, ishlariga rivoj, xonadoniga fayzu baraka tilaymiz.