Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Ahmad Yassaviy maqbarasidan marosim qozoni

Ahmad Yassaviy maqbarasidan marosim qozoni

XIV asr. Akademik Akbar Xakimov shaxsiy fotosidan foydalanildi. Ko‘pchilikka ma’lumki, Turkistondagi Ahmad Yassaviy ziyoratgohida Amir Temur yasattirgan qirq quloqli ulkan qozon bor.Uning dovrug‘i dunyoga ketgan. Ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlarida bu qozonni tabarruk yodgorlik sifatida ardoqlashadi. Bu qozonni yasagan usta kim edi? U haqda qanday ma’lumotlar bor? XIV asr o‘rtalari va XV asr boshlarida yashab o‘tgan,…

XIV asr. Akademik Akbar Xakimov shaxsiy fotosidan foydalanildi. Ko‘pchilikka ma’lumki, Turkistondagi Ahmad Yassaviy ziyoratgohida Amir Temur yasattirgan qirq quloqli ulkan qozon bor.Uning dovrug‘i dunyoga ketgan. Ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlarida bu qozonni tabarruk yodgorlik sifatida ardoqlashadi. Bu qozonni yasagan usta kim edi? U haqda qanday ma’lumotlar bor?

XIV asr o‘rtalari va XV asr boshlarida yashab o‘tgan, zamonasining mashhur qozonchi ustasi Abdulaziz Qashqariy haqida bilganlar kalavaning uchini oson topa oladi. U Qashqarda tug‘ilgan keyinchalik oila a’zolari bilan Qozog‘istonning Chimkent viloyatidagi Suzoq (aslida “Suzuk ota”) qishlog‘iga ko‘chib kelib, shu yerda yashab qolgan. Harbiy yurishlarning birida Amir Temur Sayramda to‘xtaydi. Bir qancha usta, hunarmand va olimlarni yig‘ib: ” Sig‘imi katta, lekin bejirim qozon yasash kerak.Unga pishirilgan ovqat to‘rt ming kishiga yetadigan bo‘lsin” deb topshiriq beradi.

Shundan keyin bo‘lajak qozon ustida ko‘p olimlar bosh qotirishadi. Abdulaziz Qashqariy ham chizma-reja ishlab chiqadi.Uning loyihasi Amir Temurga ma’qul kelib, ish boshlashga izn beradi. Oradan kunlar o‘tib diametri ikki metru qirq besh santimetr, og‘irligi bir yarim tonna keladigan katta qozon tayyor bo‘ladi. Unga oltmish chelak suv sig‘ar, balandligi ham o‘rtacha edi. Qozon yetti xil ma’dandan -po‘lat, temir qo‘rg‘oshin, kumush , oltin, mis va rux aralashmasidan quyiladi. Hajmi katta bo‘lishiga qaramay ovqat pishirishga kam o‘tin sarflanadi. Mana shu nodir qozonni yasagani uchun Abdulaziz Qashqariyni “Qozonchi usta avliyo” deb atay boshlashadi. Amir Temur sharofati bilan yasalgan bu tarixiy doshqozon ellik to‘rt yil mobaynida Sankt Peterburg “Ermitaj”ida saqlangan. Keyinchalik Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy ziyoratgohiga qaytarilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati