O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi o‘rtasida HAMKORLIK MEMORANDUMI imzolandi

Bugun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashida Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdilar.

Har ikki tomonlama manfaatli hamkorlik munosabatlariga yo‘l ochgan mazkur uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar hamda hamkorlik yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston xalqining boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish va ko‘paytirish, milliy hunarmandchilik, halq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli va kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash;
Hunarmandchilik sohasidagi qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, hunarmandlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

Oldingi XATTOTLIK SAN’ATI USTASI

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.